Oʻzbekiston bolalari Turkmanistondagi dengiz sohilida dam olishmoqda

© AP Photo / Alexander ZemlianichenkoTurkmanistondagi Kaspiy dengizi sohili
Turkmanistondagi Kaspiy dengizi sohili - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro, Navoiy, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 100 nafarga yaqin yosh oʻquvchilar guruhi Kasbiy dengiz sohilidagi Turkmenbosh shahriga dam olish uchun yetib borishdi. Ushbu tashrif shaxsan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga asosan amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekistonlik bolalar Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga asosan Turkmenbosh shahriga yetib borishdi. Bu haqda Turkmaniston davlat matbuot agentligi xabar berdi.

Oʻzbekistonlik yosh oʻquvchilar "Avaza" milliy sayyohlik zonasida joylashgan "Dayanch" bolalar sogʻlomlashtirish markaziga joylashtirildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev(chapda) va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni dengiz kurortiga taklif qildi
Ushbu dam olish vaqtida yosh mehmonlar uchun ushbu kurort hududida ekskursiyalar, ashula-musiqa va sport tadbirlar, suzish va yengil atletika boʻyicha musobaqalar, ijodiy tanlovlar, yosh bilimdorlar uyinlar, adabiy kechalar va boshqa koʻngilochar tadbirlar oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar "Avaza" milliy sayyohlik zonasida joriy yil 25 mayga qadar dam olishadi.

Oʻzbekistonlik yosh oʻquvchilar delegatsiyasiga Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar Qoʻmitasi raisi T.Narbayeva boshchilik qilmoqda.

Oʻzbekistonlik oʻquvchilarni xalq taʼlimi va sogʻlikni saqlash vazirliklari xodimlari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniya hamda "Tomosha" bolalar teatri studiyasi xodimlari hamroh boʻlishmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala