TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB tomonidan talonchilik jinoyati boʻyicha qidiruvda boʻlgan 4 nafar shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xodimi xabar berdi.
2017 yil 19 va 29 aprel kunlari nomaʼlum shaxslar tomonidan Olmazor tumanida va Shayxontoxur tumanida ikkita talonchilik jinoyati sodir etilgan. Jinoyatchilar voqea joyidan yashiringanlar.
1989 yilda tugʻilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, Shayxontohur tumanida yashovchi Olimjon Ravshanovich Azimov, 1993 yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan, Olmazor tumanida vaqtinchalik yashovchi Sobirjon Mirfayzi oʻgʻli Axmedov, 1990 yilda tugʻilgan, Olmazor tumanda yashovchi Azizjon Axmedjanovich Axrarov, 1991 yilda tugʻilgan, Olmazor tumanida yashovchi Sherzod Oʻlmas oʻgʻli Mirzabekovlar aniqlanib ushlandilar.
Ular bilan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida A.A.Axrorov boshqaruvi boʻlgan "Spark" rusumli avtoulovda O.R.Azimov va S.M.Axmedovlar bilan, shuningdek SH.Oʻ.Mirzabekovning boshqaruvida boʻlgan "Matiz" rusumli avtoulovda O.R.Azimov va S.M.Axmedovlar bilan joriy yilning 11 may kuni soat taxminan 21-40 larda, Shayxontoxur tumani yashovchi fuqaroning boʻynidan bahosi 4 mln soʻmlik tilladan ishlangan zanjirni talonchilik yoʻli bilan tortib yulib voqea joyidan yashiringanliklari aniqlangan.
Hozirda ular bilan Toshkent shahri hududida sodir etilib, ochilmay qolgan boshqa jinoyatlar yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.