Atoqli o‘zbek ijodkorlari Hamid Olimjon va Zulfiyaning qizi vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Nasirov / Mediabankka o‘tishChinnigul
Chinnigul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi filfak o‘qituvchisi Xulkar Olimjonova vafoti haqida xabar qildi

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Atoqli o‘zbek ijodkorlari Hamid Olimjon va Zulfiyaning qizi, filolog Hulkar Hamidovna Olimjonova olamdan o‘tdi.

Gullar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yana bir donishmand shoiridan ayrildi
Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi o‘z manbasiga tayangan holda Podrobno uz nashri xabar bermoqda.

Ayni vaqtda internet foydalanuvchilari Hulkar Olimjonova haqida iliq fikrlarni bildirishmoqda.

"Universitetimizda birgina Hulkar Hamidovna Olimjonova maxsus kursni olib borardilar. U kishi tufayli Hamid Olimjon va Zulfiya she’riyatiga oshufta bo‘ldim. Zulfiyaning "Sensiz" deb nomlangan she’ridagi "…Tobuting boshida cho‘kkanimda tiz, farzandlar ko‘tardi qo‘limdan tutib" degan satrlar ayniqsa mening qalbimni larzaga solgan", — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

"Hulkar Hamidovna filfakda dars berardilar, shoira Zulfiyaxonimning qizlarini ko‘rish baxt edi. U kishi nihoyatda shirinso‘z, mehrli va buyuk qalb sohibasi edilar.

Ikki yil oldin qarindoshlar u kishining og‘ir xastalikka chalingani haqida aytib qoldi. O‘zbekistonning ikki atoqli ijodkori farzandi bo‘lgan Hulkar Olimjonovaning joylari jannatda bo‘lsin. Ruhlari shod bo‘lsin", — deya esga olgan yana bir foydalanuvchi.


 

Yangiliklar lentasi
0