Jamiyat

Samarqand viloyatida yoʻllarni asfaltlash ishlari boshlab yuborildi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Fotobankka oʻtishYoʻlni taʼmirlash ishlari
Yoʻlni taʼmirlash ishlari - Sputnik Oʻzbekiston
Yoʻllarni taʼmirlash ishlari jarayonida shu kungacha 70 ming tonna asfalt yotqizildi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aprel oyida Samarqand viloyatida boʻlganida yoʻlsozlar oldiga ham bir qator vazifalarni qoʻygandi. Oʻzbekiston rahbari soha xodimlarini hayot bilan birga qadam tashlashga, odamlar talab-istaklariga quloq tutishga daʼvat etgandi. Negaki, viloyatning koʻpgina tumanlarida qishloq yoʻllarining holati talab darajasida emas, deb yozadi "Zarafshon" nashri.

Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Samarqand rahbarlariga zoʻr takliflar kiritdi
"Prezidentimizning tashrifi, ochigʻi, yoʻlsozlarimizning koʻzini ochdi, – deydi viloyat avtomobil yoʻllaridan foydalanish bosh boshqarmasi bosh muhandisi Abdurauf Ishoqov. – Izlagan imkon topar deganlaridek, nosoz yoʻllarni taʼmirlashga kuch ham, mablagʻ ham topildi. Jumladan, ancha yillardan buyon notekis holga tushib qolgan Chelak – Mitan – Ishtixon avtomobil yoʻlining 40 kilometri qisqa muddatda joriy taʼmirlandi. Ishtixon bilan Mitanni bogʻlovchi yoʻlga asfalt-beton qoplamasi yotqizildi".

Mitan – Qoʻshrabot – Nurota avtomobil yoʻlining 30 kilometri ravonlashtirildi. Yoʻlning qolgan qismini taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda. Kattaqoʻrgʻon suv omboriga olib boruvchi 10 kilometr yoʻl sozlandi. Shuningdek, Oqtosh – Xatirchi – Yangiravot avtomobil yoʻlining Oqtosh shahri bilan Mirbozorni bogʻlovchi qismida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Avtomobillar qatnovini toʻxtatmaslik maqsadida hozircha yoʻlning ensiz yoʻlagi foydalanishga topshirildi. Yillar davomida yoʻlovchilar eʼtiroziga sabab boʻlib kelayotgan mazkur yoʻl yil davomida toʻla taʼmirdan chiqariladi. Toyloq – Urgut avtomobil yoʻlining 24 kilometr qismining holati ham yaxshilandi.

Bundan tashqari, qisqa vaqt ichida Samarqand shahrida tramvay qatnovi yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan temir yoʻl vokzalidan Sartepa mavzesigacha boʻlgan 6,2 kilometr yoʻlga asfalt yotqizildi. Shuningdek, Rudakiy koʻchasining 1,5 kilometr qismi taʼmirlandi.

Keyingi uch-toʻrt oyda bajarilgan yoʻl qurilishi ishlarida viloyatdagi barcha korxonalar faol ishtirok etdi. Mavjud toʻrtta asfalt zavod zarur asfaltni peshma-pesh yetkazib berdi, 20 ta MAN yuk avtomashinalari, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy asfalt tekislash mashinalari ish unumini oshirishga xizmat qildi.

Yuqorida qayd qilingan qurilish-taʼmirlash ishlari jarayonida 70 ming tonna asfalt yotqizildi, deb xabar qilgan nashr.

Yoʻlda olib borilayotgan taʼmirlash ishlari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda endi oʻnqir-choʻnqir yoʻllar boʻlmaydi - Mirziyoyev farmoni
Shuningdek, 2018 yilda Samarqand shahrining Mirzo Ulugʻbek va Gagarin, 2019 yilda Rudakiy va Boʻstonsaroy koʻchalari kesishmasida yoʻl oʻtkazgich qurilishini bosqichma-bosqich amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Boʻstonsaroy va Husayn Boyqaro koʻchalari kesishmasidan Rudakiy koʻchasining chorrahasigacha boʻlgan yoʻlning ikki tomonini kengaytirish, zamonaviy uy-joylar joylashtirish, obodonlashtirish ishlari bajariladi. Koʻchaning Siyob kanali ustidan oʻtgan qismidan koʻprik quriladi. Bu vazifalarni bajarish yuzasidan hozir tegishli tashkilotlar tomonidan tashkiliy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala