Bishkeklik usta Gaz-51 uslubida pikap yasadi

Obuna bo‘lish
Bishkeklik avtomobil ustasi Ravshanbek Axmedov o‘g‘illarining har biriga takrorlanmas avtomobil yasab berishni orzu qilmoqda.

Bishkekda yashovchi avtomobil ustasi uy sharoitida takrorlanmas avtomobil yaratdi. Tashqi ko‘rinisha sovet davrida ishlab chiqarilgan Gaz-51 yuk avtomobiliga o‘xshasada, ichki tuzilish jihatidan u butunlay boshqacha.

Retro pikap kabinasi Gaz-51 avtomobilidan olingan bo‘lib, Yaponiyaning Isuzu Trooper yo‘ltanlamas avtomobili ramasiga o‘rnatilgan. Avtomobilning yurish qismi, dvigateli, uzatmalar qutisi va boshqa muhim mexanizmlari ham ushbu Isuzu avtomobiliga tegishli.

Usta kelajakda o‘zining har bir o‘g‘liga shunday takrorlanmas avtomobil yasab berish orzusida.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0