TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston Chegaradachilari katta miqdorda naqd pul va qimmatbaho metallarning Respublika hududidan olib chiqib ketilishining oldini olishdi, deb xabar qilmoqda MXX matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Chegara qoʻshnlari Andijon viloyati Paxtaobod tumanining chegara yaqinida joylashgan Yolgʻizbogʻ qishlogʻida ikki nafar kontrabandachini qoʻlga olishgan.
Jinoyatchilar chegara orqali Qirgʻiziston hududiga 694 ming dollar va 6,8 kg oltinni olib chiqib ketmoqchi boʻlishgan. Ushbu ish yuzasida jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Ushbu yilning aprel oyida Oʻzbekiston chegarachilari 131 nafar chegarabuzarlar va 1,5 mlrd soʻmlik kontrabandani mollari qoʻlga olingan. Jumladan Tojikiston chegarasida 12 nafar, Qozogʻiston chegarasida 62 nafar, Afgʻoniston va Turkmaniston chegaralarida 3 nafardan chegarabuzarlar qoʻlga olingan.