Jamiyat

Oʻzbekistonga yomgʻirli kunlar keldi

© pixabayDevushka idet pod silnыm dojdem
Devushka idet pod silnыm dojdem - Sputnik Oʻzbekiston
Respublika hududida 16 – 19 may kunlari yomgʻir yogʻib momoqaldiroq boʻlishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Sinoptiklar xabariga koʻra, kelayotgan uch kun davomida Oʻzbekistonda yomgʻirli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Sharqdan esgan shamol tezligi 5-10 m/s boʻlib, gohida 12-17 m/sgacha kuchayishi mumkin. Havoning oʻrtacha harorati kunduzi 30-32 gradus issiq boʻlib, tunlari 17-23 gradusgacha iliq boʻlishi kutilmoqda.

Toshkentda 16-19 may kunlari havo harorati tunda +17…+20, kunduzi +25…+32 daraja issiq boʻlishi kutilmoqda.

Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻishi va momoqaldiroq boʻlishi kutilmoqda. Ushbu munosabat bilan FVV aholini sel kelish xavfi borligi haqida ogohlantiradi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala