Qoʻriqlash boshqarmasi elektromontyorlarni ishga taklif qiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishMontyor
Montyor - Sputnik Oʻzbekiston
Elektromontyorlarning oylik ish haqi, toifasiga qarab, 499 ming soʻmdan 656 ming soʻmgacha belgilangan boʻlib, oylik maoshlari har oyning 20 sanasigacha beriladi. Shuningdek, moddiy ragʻbatlantirishlar ham beriladi

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB huzuridagi Qoʻriqlash boshqarmasi tizimlariga elektromontyorlar ishga taklif qilinadi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, boʻsh ish joylariga 3, 4, 5 va 6-toifadagi elekromontyorlar taklif qilinadi.

Militsiya xizmat mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻriqlash xizmati: Oʻzbekistonda tez orada mashina oʻgʻirligiga chek qoʻyiladi
Elektromontyorlarning oylik ish haqi, toifasiga qarab, 499.316 soʻmdan 656.373 soʻmgacha belgilangan boʻlib, oylik maoshlari har oyning 20 sanasigacha beriladi. Shuningdek, moddiy ragʻbatlantirishlar ham beriladi.

Alohida talablar: oʻrta-maxsus maʼlumot hamda qoʻriqlash va yongʻindan saqlash vositalari bilan ishlash borasidagi bilim.

Yashash manzili Toshkent shahridan 30 kilometr masofagacha boʻlishi kerak. 

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Qashqar mavzesi — 3 uy.

Oʻzingizni qiziqtirgan savollar boʻyicha 236-19-11 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala