Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga qutlov maktubini yoʻlladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPokiston prezidenti Mamnun Husayn
Pokiston prezidenti Mamnun Husayn - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Prezidenti oʻz qutlovida oʻtgan chorak asr mobaynida ikki tomonlama aloqalarimiz doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida kengayib borganini mamnuniyat bilan taʼkidlagan

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn davlatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 25-yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladilar, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Pokiston prezidenti Mamnun Husayn - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Pokiston Prezidenti SHHT sammitida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga keldi
Oʻzbekiston Prezidenti oʻz qutlovida oʻtgan chorak asr mobaynida ikki tomonlama aloqalarimiz doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida kengayib borganini mamnuniyat bilan taʼkidlagan.

Davlatimiz rahbari "birgalikdagi amaliy harakatlarimiz va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash bilan hamkorligimiz yanada chuqurlashib, Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi doʻstlik koʻprigi tobora mustahkamlanib boraveradi", deb ishonch bildirgan.

Prezident Mamnun Husayn Pokiston hukumati va xalqi nomidan ushbu sana munosabati bilan samimiy tilaklar bildirib, "mamlakatlarimizni yaqin tarixiy, diniy va madaniy rishtalar bogʻlab turishi"ni taʼkidlagan.

Qutlovda Pokiston Oʻzbekiston bilan turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekani qayd etilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala