Hodisalar

Ommaviy zaharlanishdan soʻng Shahrixondagi barcha muzqaymoq kafelari yopildi

© AFP 2018 / LOIC VENANCEMuzqaymoq
Muzqaymoq - Sputnik Oʻzbekiston
Kuni kecha Andijon viloyatining Shahrixon tumanida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati yuz bergani haqida xabarlar tarqala boshladi. Shahrixon tumani matbuot-xizmati xodimining soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda zaharlanish simptomlari bilan tuman kasalxonasiga tushgan 186 kishidan 114 nafarining ahvoli yaxshilangan

TOSHKENT, 17 may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova.  Muzqaymoqdan zaharlanish holati yuzasidan shu vaqtga qadar 186 ta qoʻngʻiroq qayd etilgan. Ayni vaqtda 114 kishining ahvoli yaxshilangani uchun ularga javob berildi, dedi Sputnik muxbiriga tuman hokimligi matbuot-xizmati vakili.

Oʻzbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda "Samarqand Darvoza" savdo majmuasiga "bomba" qoʻyishdi
"Muzqaymoqdan zaharlanish holati roʻy berganligi rost. Zaharlanish muzqaymoq ortidan kelib chiqqan. Tuman markaziy shifoxonasida 186 nafar odamga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilib, hozirda 114 nafari ahvoli yaxshilangan. Ular viloyat sanitariya boshqarmasi hamda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi malakali shifokorlari nazoratida boʻlishdi va mutaxassislar koʻrigidan soʻng ularga javob berildi. Qolgan odamlarga ham bugun toʻrtgacha javob beriladi", — dedi suhbatdosh.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Andijon viloyatining Shahrixon tumanida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati yuz bergani haqida xabarlar tarqala boshladi.

Maʼlum boʻlishicha, muzqaymoqdan zaharlanish holati 15 may kuni boshlangan.

Muzqaymoqdan zaharlanganlar tuman markaziy shifoxonasiga koʻngil aynishi, qayt qilish, tana harorati koʻtarilishi singari simptomlar bilan murojaat qila boshlaganlar.

Shahrixon tumani hokimligi matbuot-xizmati xabariga koʻra, ayni kunda tumandagi barcha muzqaymoq sotiladigan kafelar yopilgan.

"Bizga 15 may kuni kunduzi soat 14.00da qoʻngʻiroq boʻlgan boʻlsa, 14.30gacha boʻlgan 9ta qoʻngʻiroqning hammasi muzqaymoqdan zaharlanish holati boʻyicha boʻldi. Ana shu zahoti muzqaymoq sotiladigan joylar borib, oʻrganilib, plombalab qoʻyilgan", — dedi hokimlik vakili. Hamda tumandagi barcha muzqaymoq kafelari qattiq nazoratga olinganini qoʻshimcha qildi.

Shahrixon hokimligi ayrim matbuotlarda tarqatilgan "zaharlanish oqibatida bir necha kishi vafot etgan" degan maʼlumotni keskin rad etdi.

"Bu yolgʻon maʼlumot", — dedi hokimlik vakili.

Hokimlik maʼlumotiga koʻra, birinchi qoʻngʻiroq boʻlgan kundan boshlab viloyat sanitariya boʻlimi boshligʻi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, viloyat hokimining oʻrinbosari, tuman hokimi, prokuror, soliq boshqarmasi boshligʻi tumandagi markaziy shifoxonada shtab tashkil qilishgan va ushbu holat yuzasidan doimiy nazorat olib borishgan.

"Vaziyat toʻliq nazoratda, tekshiruv ishlari olib borilyapti. Vahimaga oʻrin yoʻq", — deb suhbatga yakun yasadi suhbatdosh.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala