Jamiyat

Xiva va Shahrisabz viloyat boʻysunuvidagi shaharlarga aylantirildi

Bu qadimiy shaharlarning turistik salohiyatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Xiva va Shahrisabz shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilindi. Bu haqda palata axborot xizmati maʼlum qildi.

Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivы - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Mirziyoyev Xiva va Xorazmga keladigan turistlar sonini 2 baravarga oshirmoqchi

Oʻzbekiston prezidentining Xorazm va Qashqadaryo viloyatlariga safarlari chogʻida turizm sohasini rivojlantirish uchun mazkur mintaqalarning salohiyati yuqori ekanligi hisobga olingan holda Xiva va Shahrisabzni mustaqil maʼmuriy birlik etib qayta tashkil qilish hamda ularni viloyat boʻysunuvidagi shaharlar roʻyxatiga kiritish topshirigʻi berilgan edi.

"Ushbu chora-tadbirlar Oʻzbekiston hududida joylashgan jahon ahamiyatiga molik bu qadimiy shaharlarning turistik salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi", deyiladi axborot xizmati xabarida.

Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponomik obʼyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisidagi qonunning 10-moddasiga koʻra "… viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin".

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala