O‘zbekiston terma jamoasi "Islom birdamlik o‘yinlari"da 4-o‘rinda bormoqda

© Sputnik AzerbaydjanSeremoniya otkritiya Islamskix igr solidarnosti v Baku
Seremoniya otkritiya Islamskix igr solidarnosti v Baku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 34 taga yetdi. Ularning 7 tasi oltin, 9 tasi kumush, 18 tasi bronza medallaridir

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Bokuda bo‘lib o‘tayotgan IV "Islom birdamlik o‘yinlari"ning beshinchi kun yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 34 taga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ularning 7 tasi oltin, 9 tasi kumush, 18 tasi bronza medallaridir.

O‘zbekiston delegatsiyasi 54 mamlakat vakillari orasida hozircha Turkiya, Ozarbayjon va Erondan so‘ng 4-o‘rinda bormoqda.

Gimnastikachi Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Musobaqaning so‘nggi ikki kunida sportchilarimiz sermahsul ishtiroklarini davom ettirishdi va 2 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi oltinchi oltini bo‘ldi.

Taekvondo bellashuvlarida Niyoz Po‘latov oltin medalga erishdi.

Tennischilarimiz jamoaviy bahslar yakuniga ko‘ra kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

100 metrga yugurish bahslarida Nigina Sharipova marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.

Uzbekskie sportsmeni v Baku - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik sportchilar "Islom birdamlik o‘yinlari"ni g‘alaba bilan boshlashdi

Og‘ir atletikachilarimiz ikki kun ichida uchta kumush, uchta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Dzudo bo‘yicha jamoaviy bahslar yakuniga ko‘ra erkaklar va ayollar terma jamoalari bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Bokschilarimizning 5 nafari yarim finalga yo‘llanma olishdi. Demak, ular kamida bronza medallarini naqd qilib ulgurishdi.

Shuningdek, og‘ir atletika bo‘yicha Rustam Jangabayev va Ivan Yefremovlar chiqish qilishadi. Taekvondo bahslarida esa Dmitriy Shokin, Maksim Rafalovich,

Nigora Tursunqulova va Svetlana Osipovalar ishtiroklarini boshlashadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0