"Tashabbus-2017" ko‘rik-tanlovining yakuniy respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

© Informatsionnaya slujba TPP RUzRespublikanskiy etap smotra-konkursa "Tashabbus-2017"
Respublikanskiy etap smotra-konkursa Tashabbus-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tashabbus-2017" g‘olib va sovrindorlarini aniqlash va taqdirlash marosimi 22-may kuni bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan "Tashabbus" ko‘rik-tanlovi O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga oid dasturni amalga oshiish sohasida asosiy tadbir hisoblanadi.

16-17 may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida "Tashabbus-2017" ko‘rik-tanlovining yakuniy respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘izistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi Farg‘onaga keldi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona mahsulotlari Qirg‘iziston tadbirkorlarida havas uyg‘otdi

"Tashabbus-2017" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichlari joriy yilning 28-aprelidan 3-mayigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi. Ularda 576 nafar tadbirkorlik subyektlari, jumladan 193 (35,5%) tadbirkor, 159 (29,2%) fermer va 192 (35,3) hunarmand ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati. "Tashabbus-2017" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanmalarni dastlabki bosqichlarning eng munosib va yuqori baholangan omadli ishtirokchilari qo‘lga kiritdi.

Tanlovning ikkinchi bosqichi g‘oliblari, ya’ni respublika bosqichining ishtirokchilari soni 41 kishini tashkil etdi: 14 tadbirkor, 14 hunarmand va 13 fermer.

Respublika bosqichi nomzodlari "Eng yaxshi tadbirkor", "Eng yaxshi fermer" va "Eng yaxshi hunarmand" asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bahslashdilar.

Shuningdek "Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori", "Eng yaxshi tadbirkor ayol", "Eng yaxshi innovatsion loyiha", "Yoshlarga eng ko‘p ish joyi yaratgan tadbirkor", "Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi", "Eng mas’uliyatli ijtimoiy sherik", "Yilning eng yaxshi oziq-ovqat sanoati tadbirkori", "Mening yurtim — mening iftixorim", "Eng yaxshi eksportchi", "Yilning eng yaxshi mahsuloti" kabi qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham tanlov o‘tkazildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev tadbirkorlarga imkoniyat va sharoit yaratib berish kerakligini ta’kidladi

"Harakatlar strategiyasi"da ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqib, "O‘zining savdo belgilarini yo‘naltirish va yangi bozorlarni egallaganlik uchun" va "Respublika ichki bozorlarida talab bo‘lgan yangi turdagi iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqqanlik uchun" qo‘shimcha nominatsiyalari ham kiritildi.

Hozirda ishtirokchilar orasida xususiy nomdor brendi ostida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar, farmatsevtika, to‘qimachilik buyumlarini ishlab chiqarish sohasi tadbirkorlari, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar mavjud.

An’anaga muvofiq, ko‘rik-tanlovning asosiy tashkilotchilari sifatida qator vazirliklar va idoralarning hamkorligi va moliviy ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermerlar uyushmasi, "Hunarmand" xalq ustalari, hunarmandlari, rassomlari uyushmasi ishtirok etdi.

© Informatsionnaya slujba TPP RUz"Tashabbus-2017" ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari
Respublikanskiy etap smotra-konkursa Tashabbus-2017 - Sputnik O‘zbekiston
"Tashabbus-2017" ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari

Tanlovning viloyat bosqichlari g‘oliblari — respublika bosqichi ishtirokchilariga "Tashabbus-2017" ko‘rik-tanlovining Tashkiliy qo‘mitasi nomidan nomzod diplomi, ishtirokchi ko‘krak nishoni, maxsus papka, O‘zbekiston prezidentining "Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak " nomli kitobi, shuningdek boshqa sovg‘alar topshirildi.

22 may kuni soat 18.00da "Turkiston" san’at saroyida o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida "Tashabbus-2017" g‘olib va sovrindorlarini aniqlash va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0