Jamiyat

Latviya bosh vaziri Oʻzbekiston tadbirkorlarini mamlakatga chorladi

© http://www.mk.gov.lvNigmatilla Yuldashev i Maris Kuchinskis
Nigmatilla Yuldashev i Maris Kuchinskis - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh vazir Latviyada oʻzbek mahsulotlarining Yevropaga eksport qilinishini taʼminlaydigan Oʻzbekiston savdo uyining ochilishini olqishladi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Latviya bosh vaziri Maris Kuchinskis oʻzbekistonlik tadbirkorlarni Latviyadagi erkin portlar va iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etishga chorladi. Bu haqda bosh vazir Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev bilan uchrashuvda maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Latviya vazirlar mahkamasi matbuot xizmati.

Uchrashuvda M. Kuchinskis har ikki mamlakat turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishi lozimligini qayd etdi.

"Biz oʻzbekistonlik tadbirkorlarga Latviyadagi erkin portlar va iqtisodiy hududlarda investitsiya kiritish va yangi korxonalar tashkil etishni taklif qilamiz", dedi bosh vazir.

Oʻzbekiston havo yoʻllari samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Latviya Oʻzbekistonga aviaparvozlarni koʻpaytirishni taklif qildi

U shuningdek, Latviyada oʻzbek mahsulotlarining Yevropaga eksport qilinishini taʼminlaydigan Oʻzbekiston savdo uyining ochilishini olqishladi.

Kuchinskis ekologik texnologiya va elektron boshqaruv borasidagi oʻzaro hamkorlikni ham istiqbolli yoʻnalishlardan deb baholadi.

Kuchinskis va Yoʻldoshev Latviya-Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasining ishini yuqori baholadilar. Uchrashuv yakunida Kuchinskis Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Oripovni Latviyaga tashrif buyurishga taklif etdi.

Bu yil Latviya va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 25 yil toʻladi. Oʻtgan davr mobaynida mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik keng rivojlandi. Oʻtgan yili Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasidagi tovar almashuv hajmi 2015 yildagiga nisbatan 42,04 foizga yoki 27,52 mln yevroga oshdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala