Jamiyat

Oʻzbekistonda yil boshidan buyon 710 km avtoyoʻl taʼmirlandi

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi yilning birinchi choragida bajarilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekistonda yil boshidan buyon 710 kilometrdan ortiq umumiy foydalanuvdagi avtomobil yoʻllari holati yaxshilandi. Bu haqda Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yoʻlni taʼmirlash ishlari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand viloyatida yoʻllarni asfaltlash ishlari boshlab yuborildi

Koʻrsatilgan davrda investitsiya dasturi boʻyicha 59,7 mlrd. soʻmlik rekonstruktsiya ishlari, kapital taʼmirlash dasturi boʻyicha 9,4 mlrd. soʻmlik ish bajarildi.

Xususan, A-373 "Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻli hamda "Pop shahri-Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻli kesishmasida transport yechimi foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati Pop tumani hududida qurilgan, uzunligi 48 metr hamda eni 10 metrdan iborat boʻlgan mazkur koʻprikning foydalanishga topshirilishi poytaxt va Fargʻona vodiysi oʻrtasida qatnovchi avtomobillarning harakati uchun qulaylik yaratadi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida bitum saqlash omborlari qayta qurildi, "Tanxoz" daryosi ustidan karyerga olib boruvchi koʻprik barpo etildi. Shuningdek, 782 metr uzunlikdagi temir yoʻl shoxobchalari rekonstruktsiya qilindi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala