15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan yoshlarga ajoyib tuhfa

© flickr.com/ ChuWeiHunG IPhotoJenix i nevesta na brakosochetanii
Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining Sergeli tumanida zamonaviy usulda barpo etilgan FXDYo idorasi foydalanishga topshirildi

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Binoning ochilish marosimi 15-may — "Xalqaro oila kuni" bilan uyg‘unlikda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi notinch oilalar orasida tushuntirishlar o‘tkazildi

Idora binosi barcha zamonaviy texnologiyalar, kerakli anjomlar bilan jihozlangan. Yoshlarni oilaga tayyorlash, ularning bu sohadagi bilimlarini yanada boyitish, nikohlanuvchilarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yuzasidan "Yosh oila quruvchilar maktabi" mashg‘ulotlarini tizimli ravishda olib borish uchun alohida maslahat xonalari, hujjatlarni saqlash uchun maxsus xonalar tashkil etilgan.

Marosimda Adliya vazirligi, shahar adliya boshqarmasi, hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari mutasaddi xodimlari, faxriylar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0