O‘zbekistonga Turkiya turizm vaziri boshchiligidagi delegatsiya keladi

© Sputnik / Vadim ShekunMoskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt "Puteshastviya i turizm"
Moskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt Puteshastviya i turizm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazir bilan birgalikda turk investitsiya kompaniyalari va turistik firmalarining bir qator vakillari ham tashrif buyurishadi

TOShKENT, 18-may — Sputnik. May oyi oxirida Turkiya madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Samarqanddagi turistlar - Sputnik O‘zbekiston
Yapon OAV: O‘zbekiston - Markaziy Osiyo turizmi markazi

Xabarga ko‘ra, qo‘mita raisi Anvar Sharopov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ahmet Bashar Shan bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuvda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Nabi Avjining may oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kun tartibining asosiy mavzusi bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, vazir bilan birgalikda turk investitsiya kompaniyalari va turistik firmalarining bir qator vakillari ham tashrif buyurishadi.

"Uchrashuv davomida respublikada turistik sohada o‘tkazilayotgan islohotlarning borishi, rivojlanish sur’ati hamda turizm infratuzilmasini tubdan yaxshilash bo‘yicha hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida Turkiya tomoniga ma’lumot berildi", deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0