Arxitektor Yan Geyl: Toshkent koʻchalarini piyodalarga qaytarish zarur

© Sputnik / Aleksandr Kojoxin / Fotobankka oʻtishDaniyalik arxitektor Yan Geyl
Daniyalik arxitektor Yan Geyl - Sputnik Oʻzbekiston
Infratuzilmasi tobora rivojlanib borayotgan shaharlar koʻcha va maydonlarini piyodalarga qaytarish zarur, deb taʼkidladi Toshkentda oʻtkazilgan seminar-trening davomida daniyalik arxitektor Yan Geyl.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Zamonaviy jahon arxitekturasi odamlarning qulay yashashi va harakatlanishiga moslashtirilgan boʻlishi lozim, deb taʼkidladi daniyalik taniqli xalqaro meʼmor, "Gehl Architects" kompaniyasi asoschisi Yan Geyl "Zamonaviy jahon arxitekturasi" mavzuida Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida oʻtkazilgan seminar-trening davomida.

Yan Geyl, daniyalik arxitektor - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent chiroyiga chiroy qoʻshiladi: Oʻzbekistonga daniyalik mashhur arxitektor Yan Geyl keldi
Yan Geylning soʻzlariga koʻra, zamonaviy jahon arxitekturasi odamlarning qulay yashashi va harakatlanishiga moslashtirilgan boʻlishi lozim. Yashil maydonlarni koʻpaytirish, velosiped yoʻlaklari tarmogʻini va piyodalar zonasini rivojlantirish bu borada eng keng tarqalgan va samarali usullardandir. Infratuzilmasi tobora rivojlanib borayotgan shaharlar koʻcha va maydonlarini piyodalarga qaytarish zarur, boshqacha aytganda, avtomobillarning toʻxtab turish joylari, ularning tirbandligi aholi hayoti uchun noqulayliklar tugʻdirmasligi lozim.

"Toshkent yam-yashil xiyobonu maydonlarga, bogʻ-rogʻlarga boy shahar ekanini alohida taʼkidlashni istardim, — dedi Yan Geyl. — Bu aholi uchun yanada qulay va sifatli turmush sharoitini yaratishga xizmat qiladigan omillardan. Shaharlarning aholi uchun qulay tarzda barpo etilishi mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimini koʻpaytirishga ham xizmat qiladi. Zero, har qanday odam turmush tarzida, koʻchalarda harakatlanishi jarayonida qulaylikka intiladi".

Tadbir davomida Yan Geyl shaharlar arxitekturasini rivojlantirishda inobatga olinishi va amalga oshirilishi zarur boʻlgan islohotlar yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Yan Geyl rahbarligidagi delegatsiya Toshkent metropoliteni, "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasi, Hazrati Imom (Hastimom) majmui, Temuriylar tarixi davlat muzeyida boʻldi.

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Goroda Mira. Tashkent

Toshkent shahar hokimligi tomonidan 17 may kuni oʻtkazilgan tadbirda poytaxtdagi loyihalash va qurilish ishlariga masʼul mutaxassislar, meʼmorlar, sohaga oid oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tuytepa shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent viloyati maʼmuriyati Toʻytepaga koʻchiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari A.Tojiyev va boshqalar Oʻzbekistonda shahar va qishloqlarning zamonaviy meʼmorlik qiyofasini shakllantirish, yoʻl-transport infratuzilmasini rekonstruktsiya qilish hamda yangilash, koʻchalarda piyodalar harakati va transport vositalari qatnovini zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkil qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala