“O‘zbektelekom” yarim yilda internet tezligini uch baravar oshiradi

© Sputnik / Yakov Andreyev / Mediabankka o‘tishMontaj vishek sotovoy svazi
Montaj vishek sotovoy svazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbektelekom” rahbari tashkilot tomonidan taklif qilinayotgan xizmatlar zamon talablariga mos ravishda o‘zgarib borishini va yaqin yarim yilda internet tezligi 200 Gbit/soniyaga oshishini xabar qildi.

TOShKENT, 17-maya — Sputnik.Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro press-klub kengashida O‘zbekistonning bosh telekommunikatsiya operatori “O‘zbektelekom” direktori Shuhrat Qodirov tashkilotning bugungi kundagi rivojlanishi haqida xabar qildi.

O‘zbekistonda internet tezligi yanada oshadi

Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu o‘zgarishlar kompaniya xizmatlari sifatini oshirish va jahon telekommunikatsiya bozoridagi eng yangi oqimlarni qamrab olish imkonini beradi. Undan tashqari kompaniyada yangi, tashabuskor rahbariyat shakllanib, ular o‘z faoliyatida 3-5 yildan keyin ommaviy talabga ega bo‘ladigan xizmatlarga ustuvor e’tibor qaratmoqda.

“Biz o‘z faoliyatimizda nafaqat O‘zbekiston bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlarni, balkim dunyodagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratmoqdamiz. Hozir bulutli xizmatlar zamoni kelmoqda. Ko‘plab xizmatlar virtuallashmoqda va aholi orasida va iqtisodning turli jabhalarida ularning ommaviyligi oshmoqda”, — dedi Qodirov.

Uning so‘zlariga qaraganda, zamon talablariga binoan kompaniya tarkibi va ham o‘zgarib bormoqda. Yangi tuzilgan kompaniya korporativ boshqaruvning, biznes olib borishning va xarajatlarni optimizatsiya qilishning eng zamonaviy talablariga javob beradigan bo‘ladi.

Polzovatel chitayet novosti na portale Sputnik Litva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda eng faol internet foydalanuvchilari kimlar?

“Biz sarmoyaviy loyihalarimizni butunlay qayta ko‘rib chiqmoqdamiz. Bajarilgan ishlarning ham ro‘yxati uzun. Bu aloqa magistrallari, mamlakatni raqamlashtirish ishlari. Biz o‘z muammolarimizni yaxshi tushunamiz va shu bilan birga asosiy ishlar bajarilgan deb hisoblaymiz. Endi esa – kelajakka qadam tashlash kerak”, — deydi “O‘zbektelekom” rahbari.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston axborot kommunikatsiya sohasi vakillari o‘tgan yili O‘zbekiston provayderlari tomonidan foydalanilgan tashqi internet kanali tezligi o‘tgan yili 26,3 Gbit/soniyani, bu yil – 65,7 Gbit/soniyani tashkil qilganini xabar qilishdi. Qodirov aytishiga qaraganda, bu hali kam. Internet foydalanuvchilarining o‘zlari ham kattaroq tezliklar talab qilishmoqda.

“O‘tgan yil davomida tashqi internet aloqasi tezligi ikki barobar oshdi. Hozir bo‘lsa yarim yil ichida uning yezligini 200 Gbit/soniyaga yetkizishni rejalashtiriganmiz, ya’ni bugungidan uch baravar tez bo‘ladi.

Shuningdek, “O‘zbektelekom” rahbari yaqin orada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan aksiyadorlar kengashida yaqin va uzoq muddatli rejalar tasdiqlanishini xabar qildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0