Jamiyat

Mirziyoyev Saudiyada Rahmon bilan uchrashib, Tramp bilan tushlikda ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribыvshiy s gosudarstvennыm vizitom, vo vremya tseremonii vstrechi v aeroportu "Vnukovo-2"
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribыvshiy s gosudarstvennыm vizitom, vo vremya tseremonii vstrechi v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz ol-Saudning taklifiga binoan Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari sammitida ishtirok etadi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz ol-Saudning taklifiga binoan Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev dunyo davlatlari rahbarlari qatnashadigan sammitda nutq soʻzlaydi

Sammitda AQSH, Afgʻoniston, Pokiston va qator arab davlatlari rahbarlari ishtirok etadi. Unda dunyoning jami 50dan ortiq mamlakati vakillari qatnashadi.

Sammit davomida AQSH prezidenti Donald Tramp sammit ishtirokchilari bilan birga tushlik qilishi rejalashtirilgan.

Tramp oʻzining xorijga ilk safari davomida musulmon mamlakatlari rahbarlaridan ekstremizmga qarshi kurashishni soʻrashini bildirgandi.

"Men musulmon mamlakatlari rahbarlari bilan islom terrorizmi va ekstremizmiga qarshi kurashish borasida suhbatlashan", — degandi u ilgariroq.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuqori darajadagi ushbu forumda nutq soʻzlashi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hozirgi paytda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislik qilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala