O‘zbekiston "Islom birdamlik o‘yinlari"da nega to‘rtinchi o‘rinda bormoqda

© Sputnik / Murad OrujovFinali greko-rimskoy borbi v vesovix kategoriyax 59, 71, 80, 98 kilogramm IV Igr Islamskoy solidarnosti
Finali greko-rimskoy borbi v vesovix kategoriyax 59, 71, 80, 98 kilogramm IV Igr Islamskoy solidarnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqada ishtirok etishi Boku-2017 boshlanishiga roppa-rosa bir oy qolganida ma’lum bo‘ldi. Shu boisdan delegatsiya uchinchi tarkib bilan turnirga tashrif buyurdi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rio Olimpiadasidan keyingi bu yirik musobaqada to‘rtinchi o‘rinda ketayotganimizga, ko‘pchilikda savol uyg‘onayotgan bo‘lsa ajab emas. Olimpiadada bu jamoalar ichida biz birinchi o‘rinda edik, nima uchun hozir to‘rtinchi, deb yozadi "olamsport.com".

Uzbekskiy bokser Sharaxmatov: svoyu zolotuyu medal doma nadenu mame - Sputnik O‘zbekiston
Oltin medalimni avval onamga taqaman - bokschi Sharaxmatov

Boshqa ishtirokchi mamlakatlardan farqli ravishda, O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqada ishtirok etishi Boku-2017 boshlanishiga roppa-rosa bir oy qolganida ma’lum bo‘ldi. Futboldan farqli o‘laroq, sportimizning aksar federatsiyalarining 2-yillik rejasi avvaldan ma’lum bo‘ladi. Kim, qaysi musobaqaga borishidan tortib, qayerda, qanday yig‘inlar o‘tkazilishigacha.

Shu boisdan O‘zbekiston delegatsiyasi uchinchi tarkib bilan turnirga tashrif buyurdi. Faqat taekvando, karate hamda kurashda asosiy tarkimibizni ko‘rishimiz mumkin edi. Kurashchilarimiz esa 2 kun avval Hindistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidan tashrif buyurishdi.

Turkiya, Ozarbayjon va Eron delegatsiyalari esa asosiy tarkibda musobaqada ishtirok etaptilar. Turkiya sharafini 336, mezbonlar sharafini 325 nafar sportchi himoya qilayapti. Erondan esa 158 nafar sportchi musobaqaga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston delegatsiyasida 102 nafar sportchi. Yana bir ma’lumot, Eron bilan tengma-teng ketayotgan bir paytimizda, musobaqada Eronning milliy sport turi zorxana ham qo‘shildi. Milliy sport turini rivojlantirishga bel bog‘lagan eronliklar raqiblariga o‘zlari pul to‘lab musobaqaga taklif qildilar. U yerdan 5-6ta oltin medalni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishlarini bashorat qilish qiyin emas.

Gimnastikachi Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Agar musobaqada ishtirok etishimiz yil boshida ma’lum bo‘lganida, delegatsiyamiz soni bundan bir necha kishiga ko‘p bo‘lardi. Hech bo‘lmasa asosiy tarkibda musobaqada qatnashar edik.

19 may holatiga ko‘ra sportchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medallar soni 14taga yetdi.Shuningdek, hisobimizda 14 ta kumush, 26 ta bronza, jami 54 ta medal bor. Bu bilan medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibmiz.

Bizdan oldingi o‘rinda borayotgan Eron terma jamoasida 16 ta oltin medal bor.

Ozarbayjon terma jamoasi ikkinchi o‘rinda borapti. Mezbonlar hisobida 59 ta oltin medal bor. Kumush medallar soni 33, bronza esa 24 tani tashkil qilmoqda.

60 ta oltin, 52 ta kumush, 43 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan Turkiya terma jamoasi hamon 1-o‘rinni band etgan.

Yangiliklar lentasi
0