Rossiyaga uchayotganlar qancha miqdorda nosvoy olib kirishi mumkinligi ma’lum qilindi

© Podrobno.UZIzdelie nasvay
Izdelie nasvay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Bojxona hukumatining talablariga ko‘ra, RFga "nosvoy" olib kirishning ruxsat berilgan normasi 250 grammni tashkil etadi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Rossiya Federatsiyasiga parvoz qiladigan fuqarolarni o‘zlari bilan qancha miqdorda nosvoy olib kirishlari mumkinligidan xabardor qildi.

"Rossiya Federatsiyasi Bojxona hukumatining talablariga ko‘ra, "nosvoy" chekilmaydigan tamaki aralashmasining RFga olib kirishning ruxsat berilgan normasi 250 grammni tashkil etadi.

Bojxona qoidalariga amal qilinmagan hollarda qoida buzganlarga nisbatan jarima solish tarzida ma’muriy jazo choralari ko‘riladi" deyiladi xabarda.

Nos, nosvoy — o‘zida nikotin saqlovchi chekimlik. Uning asosini tamaki va so‘ndirilgan ohak tashkil etadi. Nosvoy asosan Markaziy Osiyo mamlakatlarida tayyorlanadi va chekiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0