Avazada O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokaralari boshlandi

© AP PhotoPrezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov i prezident Uzbekistana  Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy darajadagi turkman-o‘zbek uchrashuvi kun tartibidan ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan

TOShKENT, 20-may — Sputnik. "Avaza" milliy turistik zonasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi

Uchrashuv va salomlashuv marosimidan so‘ng davlatlar rahbarlari "birga bir" shaklida muzokaralar o‘tkazishadi.

Oliy darajadagi turkman-o‘zbek uchrashuvi kun tartibidan ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Davlat rahbarlari shuningdek, o‘zaro manfaatli mintaqaviy vaxalqaro siyosat masalalarini ham muhokama qilishadi.

Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi yakunlariga ko‘ra qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19-may kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketgandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0