OAV: Hindistonda 170ga yaqin kishi issiqdan halok bo‘ldi

© BnBAnomalnaya jara
Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keyingi bir necha kun davomida Telanganada harorat 40 darajadan pastga tushmayapti

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Hindistonning Telangana shtatida jazirama oqibatida 1-apreldan buyon kamida 167 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi RIA Novosti Deccan Chronicle nashriga tayanib.

Telangana shtati favqulodda vaziyatlar agentligiga okrug hukumati ana shu ma’lumotni taqdim etgan.

Anomal issiq - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 10 kun davomida jazirama ob-havo kuzatiladi

Keyingi bir necha kun davomida Telanganada harorat 40 darajadan pastga tushmayapti. Shtatning ayrim joylarida esa harorat 47 darajaga yetgan. Jazirama issiq yana bir necha kun davomida saqlanib turadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2016-yilda jaziramadan 700ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati Telangana va Andxra-Pradesh shtatlari aholisi bo‘lgan.

2015 yilda esa 2,3 mingdan ortiq kishi issiq oqibatida o‘lgan bo‘lib, ulardan 600 nafari Telangana shtatidan bo‘lgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0