O‘zbekiston TIV rahbari fransuz hamkasbini qutladi

© AP Photo / Alik KepliczMinistre français de la Défense Jean-Yves Le Drian
Ministre français de la Défense Jean-Yves Le Drian - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov tabrik maktubida "O‘zavtosanoat" AK va "Pejo Citroën" guruhi o‘rtasida "Jizzax" erkin industrial zonasi hududida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim imzolanishini ahamiyatli natija deb baholadi

TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jan-Iv Le Drianni Fransiya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar bo‘yicha vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi.

Vistavka Citroen Creative Tour v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Pejo va Sitroyen avtomobillari ishlab chiqariladi

"Biz Sizning 2012-yil iyuldagi O‘zbekistonga tashrifingizni va ushbu tashrif davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan batafsil fikr almashilganini iliqlik bilan eslaymiz", — deyiladi tabrikda.

Tabrikda ta’kidlanganidek, 2017-yil 16-may kuni "O‘zavtosanoat" AK va "Pejo Citroën" guruhi o‘rtasida "Jizzax" erkin industrial zonasi hududida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim imzolanishi qo‘shma faoliyatning yana bir ahamiyatli natijalaridan biri bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston TIV rahbari Jan-Iv Le Drianning yuqori mansabdagi faoliyati "mamlakatlarimizning do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan samarali sherikchiligini mustahkamlashga qo‘shimcha turtki berishi"ga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0