Madaniyat

Toshkentda Qozogʻiston oliygohlari koʻrgazmasi boshlandi

Oʻzekspomarkazda 22-23 may kunlari "Qozogʻiston oliygohlari koʻrgazmasi" boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Toshkentda Qozogʻiston oliygohlari koʻrgazmasi boshlandi. Unda qozoq, ingliz va rus tilida dars beradigan Qozogʻistonning eng yirik va yetakchi OTMlari ishtirok etadi. Ular orasida Nazarbayev University, KIMEP University, Al-Farobiy nomli Qozogʻiston Milliy universiteti va boshqalar ishtirok etadi.

Koʻrgazma "Xalqaro dasturlar markazi" AJ, Qozogʻiston Taʼlim vazirligi va Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan boʻlib, u maktab, litsey va kollejlar bitiruvchilariga moʻljallangan. U yerda Qozogʻiston OTMlariga kirish shartlari va oʻquv dasturlari haqidagi maʼlumotlarni bilib olish mumkin.

Koʻrgazmaga tashrif buyurganlarning ayrimlari "Ostona EKSPO-2017" xalqaro ixtisoslashgan koʻrgazmaga chiptalar olishlari mumkin. Koʻrgazma Ostonada 2017 yilning 10 iyundan 10 sentyabrgacha boʻlib oʻtadi.

"Qozogʻiston oliygohlari koʻrgazmasi" 2 may soat 09:00dan 18:00 ga qadar, 23 may 09:00 dan 16:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala