Toshkentda Qozog‘iston oliygohlari ko‘rgazmasi boshlandi

Obuna bo‘lish
O‘zekspomarkazda 22-23 may kunlari "Qozog‘iston oliygohlari ko‘rgazmasi" bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Toshkentda Qozog‘iston oliygohlari ko‘rgazmasi boshlandi. Unda qozoq, ingliz va rus tilida dars beradigan Qozog‘istonning eng yirik va yetakchi OTMlari ishtirok etadi. Ular orasida Nazarbayev University, KIMEP University, Al-Farobiy nomli Qozog‘iston Milliy universiteti va boshqalar ishtirok etadi.

Ko‘rgazma "Xalqaro dasturlar markazi" AJ, Qozog‘iston Ta’lim vazirligi va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, u maktab, litsey va kollejlar bitiruvchilariga mo‘ljallangan. U yerda Qozog‘iston OTMlariga kirish shartlari va o‘quv dasturlari haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarning ayrimlari "Ostona EKSPO-2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmaga chiptalar olishlari mumkin. Ko‘rgazma Ostonada 2017-yilning 10-iyundan 10-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

"Qozog‘iston oliygohlari ko‘rgazmasi" 2-may soat 09:00dan 18:00 ga qadar, 23-may 09:00 dan 16:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0