TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Tizim Markaziy bank boshqaruvining 2017 yil 8 apreldagi qarori bilan tashkil etilmoqda hamda Adliya vazirligi hujjatni 2017 yil 15 may kuni tasdiqladi.
Yangi toʻlov tizimi shu yilning oʻzida ishga tushirilishi kutilmoqda. Mazkur tizim Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqa xalqaro toʻlov tizimlari bilan aloqalar oʻrnatadi. Bu orqali esa GlobUz bank kartalaridan chet elda hamda Oʻzbekistonda xorijiy banklar kartalaridan chet el valyutasida amaliyotlar oʻtkazish imkonini beradi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda UzCard banklararo toʻlov tizimi faoliyat koʻrsatmoqda.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.