Gulnora Muhamedova: go‘zallik saxovat bilan uyg‘un bo‘lmog‘i lozim

© Foto : Iz lichnogo arxiva Gulnari MuxamedovoyGulnara Muxamedova
Gulnara  Muxamedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Miss Union tanlovida ishtirokchilar nafaqat o‘z husnlarini, balki zakovatlarini ham namoyish etadilar, tomoshabinlarni o‘z mamlakatlari madaniyati va an’analari bilan tanishtiradilar

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Miss Union xalqaro go‘zallik tanlovi tashkilotchisi Gulnora Muhamedova Sputnik muxbiriga mazkur tanlov boshqalaridan nimasi bilan farq qilishi hamda o‘zbekistonlik ishtirokchilar haqida so‘zlab berdi.

Gulnora Muhamedova Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi filolog, ingliz tilini mukammal biladi. Xorijdagi faoliyatini 2002-yilda BAAda konsalting kompaniyasi bosh direktori sifatida boshlagan.

— So‘ngra O‘zbekistonda tadbirkorlarni shaxsan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘zlari qo‘llab-quvvatlayotganlari haqidagi yangilikdan xabar topdim. Men faoliyatimni o‘z yurtimda davom ettirishga qaror qildim va Gulnara fashion kompaniyasini ochdim. Kompaniyamiz go‘zallik tanlovlari tashkil etish, mamlakatimizdagi yosh iste’dod egalari: rassomlar, dizaynerlarni yuzaga chiqarish bilan shug‘ullanadi. Maqsadim — jahonda mamlakatimiz imijini yuqoriga olib chiqish.

-Miss Union loyihasi qachon boshlangan?

— 2016 yil iyulida MDH mamlakatlari qizlari o‘rtasida Miss Union xalqaro go‘zallik tanlovi tashkil etishga qaror qildim va tadbir Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Men tanlovning bu qadar yuksak o‘tkazilishini to‘g‘risi, kutmagandim. Ozarbayjonliklar biz o‘zbekistonliklarni o‘z qardoshlari deb atashlari menga juda ma’qul bo‘ldi. Ularning o‘zbek millatiga, o‘zbeklar yurtiga qanday hurmat-ehtiromda ekanliklarini ko‘rib faxrlandim.

Konkursimizning asosiy maqsadi onkologik kasalliklarga chalingan insonlarga yordam berish uchun saxovat tadbiri o‘tkazishdir.

2017 yilda tanlov Venada bo‘lib o‘tdi. Afsuski bu yilgi tadbirimiz xayr-saxovat yo‘nalishida emas, balki mamlakatlar an’analari, tarixi va madaniyatini tanishtirish yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik ishtirokchi Dildora Jo‘rayeva tanlovda birinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi. Dildoraning chiqishi tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi, u yig‘ilganlarni yurtimiz madaniyati va an’analari bilan tanishtirdi.

- Mazkur loyiha boshqa go‘zallik tanlovlaridan nimasi bilan ajralib turadi?

Uzbekistanka zavoyevala zvanie 1-vitse miss yunion v konkurse krasoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik qiz xalqaro go‘zallik tanlovida yuqori o‘ringa sazovor bo‘ldi

— Tanlovimizda tomoshabinlar har bir ishtirokchi mamlakatning madaniyat va an’analari bilan tanishadilar. Men go‘zallik tanlovlari yo‘nalishida o‘ziga xos burilish yasashga qaror qildim. "Go‘zallik dunyoni qutqaradi", demak, go‘zal qizlar o‘z tashqi va ichki go‘zalliklarini, aql-zakovatlarini namoyish etishlari, mehr-oqibatli bo‘lishlari va og‘ir ahvoldagi insonlarga yordam qo‘lini cho‘zishlari darkor.

Defile taniqli dizaynerlar liboslarida bo‘lib o‘tadi, ijodiy chiqishlarda esa ishtirokchi qizlar tomoshabinlarni o‘z mamlakati tarixi va madaniyati bilan tanishtirishlari shart.

- Tanlovda qaysi mamlakatlardan ishtirokchilar qatnashdi?

— 2016 yilda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Tojikiston, Moldova, Turkmanistondan ishtirokchilar qatnashgandi.
Bu yilgi tanlov esa yanada keng miqyosda o‘tkazildi. Dunyoning 63 mamlakatidan da’vogarlar qatnashdi, Ozarbayjon, Gruziya, Gretsiya, Misr, Livan, Slovakiya, Germaniya, Turkiya, Hindiston, Keniya, Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Iordaniya, AQSh kabi mamlakatlardan qatnashgan da’vogarlar saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

- Yana qaysi sohalarda faoliyat olib borasiz?

— Adrasdan modern uslubida sumkalar ishlab chiqarish ustida ish olib boraman, yosh rassom va dizaynerlar to‘garagini tashkil etmoqchiman hamda boshlovchi dizaynerlarning iste’dodini rivojlantirish, yosh avlodning mahoratini butun dunyoga ko‘rsatish imkoniyatini taqdim etish maqsadida seminarlar o‘tkazish niyatidaman.

Meni qo‘llab-quvvatlagan va ko‘mak berayotgan barcha yurtdoshlarimga minnatdorligimni bildiraman.

- Go‘zal jins vakilalariga tilaklaringiz?

— Barcha ayol-qizlarimizga tinchlik-xotirjamlik, baxt, sog‘lik va omad tilayman. Barchalaringiz qirolichasizlar va eng yaxshi narsalarga munosibsizlar. Yurtingizni seving va madaniyati, qadriyatlarini e’zozlang. Doimo go‘zal bo‘lib qolishingizni tilayman.

Gulnara Fashion kompaniyasi to‘rt yosh va undan katta yoshdagi rassom va dizayner bolalarni 26-may kuni bo‘lib o‘tadigan "O‘zbekiston iste’dodlari" bolalar va o‘smirlar tanloviga taklif etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0