Jamiyat

Chexiya oʻzbekistonlik talabalar uchun viza olishni soddalashtiradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishVid na tsentr Pragi. Chexiya
Vid na tsentr Pragi. Chexiya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Talabalar toʻgʻridan-toʻgʻri konsullikka hujjat topshiradilar va barcha shartlarga rioya qilingan chogʻda 60 kundan soʻng viza olishlari mumkin boʻladi

TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Oʻzbekiston taʼlim vazirligi va Chexiya IIV talabalik vizasini olish jarayonini soddalashtirish borasida ish olib bormoqda, deb xabar beradi nuz.uz.

Ekzamen. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yuridik universitetga chet ellik talabalar imtihonsiz qabul qilinadi

Xabarda bildirilishicha, 11 davlat, jumladan Oʻzbekiston talabalari viza olishda roʻyxatga olishdagi qiyinchiliklar va korruptsiya bois eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan Visapoint tizimida roʻyxatdan oʻtmaydilar. Talabalar toʻgʻridan-toʻgʻri konsullikka hujjat topshiradilar va barcha shartlarga rioya qilingan chogʻda 60 kundan soʻng viza olishlari mumkin boʻladi.

Dasturda hech boʻlmaganda bitta xorijiy til boʻyicha akkreditatsiyalangan oʻquv dasturiga ega va xorijda qabul imtihonlari tashkil etuvchi oliygohlar ishtirok etishi mumkin.

Oliy oʻquv yurti shuningdek, nomzod xorijiy tilni yetarlicha bilishiga ishochn hosil qilishi lozim. Soʻngra oliygoh nomzodni loyihaga kiritishni soʻraydi va konsullik uni hujjatlarni topshirishga taklif etadi. Loyiha may oyidan avgustga qadar faoliyat koʻrsatadi.

IIV mazkur loyiha oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi raqobatni oshirib, korruptsiyaga zarba beradi va talabalik vizalaridan Chexiyada ishlash uchun foydalanish hollarini kamaytiradi degan fikrda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0