Bishkekda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashishadi

© AP Photo / Anvar IlyasovSotrudnik SNB Uzbekistana
Sotrudnik SNB Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar Suriya va Iroqdagi janglarda ishtirok etish uchun ketgan MDH fuqarolari, ularning o‘z yurtlariga qaytishi, Hamdo‘stlik davlatlari maxsus xizmatlari hamkorligidagi aksilchoralar haqidagi masalalarni ko‘rib chiqadilar

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Ertaga Bishkekda MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Podrobno.uz" xabar bermoqda.

Metro v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Uchrashuv kun tartibi loyihasi 13 banddan iborat. Ishtirokchilar Suriya va Iroqdagi janglarda ishtirok etish uchun ketgan MDH fuqarolari, ularning o‘z yurtlariga qaytishi, Hamdo‘stlik davlatlari maxsus xizmatlari hamkorligidagi aksilchoralar haqidagi masalalarni ko‘rib chiqadilar.

MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, kun tartibidan terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik masalalari ham o‘rin olgan.

Ishtirokchilar MDH mamlakatlari uchun mavjud terroristik tahdidlar baholangan qo‘shma hujjatni muhokama qilishadi, terrorizm va ekstremizmning turli ko‘rinishlariga qarshi kurash bo‘yicha 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturining bajarilishi hamda Hamdo‘stlik antiterror markazining 2016-yildagi faoliyati yakunlarini ko‘rib chiqishadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0