“Lukoyl” O‘zbekiston yoshlarining tahsil olishiga ko‘maklashadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishEmblema kompanii "Lukoyl"
Emblema kompanii Lukoyl - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Lukoyl” va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasida yoshlarini tahsil olish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha bitim imzoladi, loyiha Rossiyada yagona hisoblanadi.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. "Lukoyl" OAJ va Halqaro mehnat tashkiloti o‘rtasida 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risida bitimi imzolandi. Ushbu bitim yoshlarni tahsil olish, ish bilan ta’minlash hamda o‘zaro tajriba almashish masalalarini qamrab olgan, RIA Novosti xabariga ko‘ra. 

Bugungi kunda, ushbu loyiha Halqaro mehnat tashkilotining xususiy korxona bilan bitim tuzishiga yagona misoldir.

"Lukoyl" OAJ va Halqaro mexnat tashkiloti o‘rtasida birinchi bitim 2012-yil dekabr oyida imzolangan edi. Ushbu bitim doirasida yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida "MDH davlatlarida yoshlarni ish bilan ta’milash hamkorligi" loyihasi yaratilgan edi.

Yangi loyihada Rossiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston ishtirok etadi. Armaniston, Gurjiston,  Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ushbu loyihaning mintaqaviy pog‘onasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik 10 nafar talaba Rossiya universitetida tajriba almashmoqda

Dastlabki dasturlar Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi — Yugra, Perm o‘lkasi va Kalmikiyada amalga oshirilgan. 2012 — 2017-yillarda "Lukoyl" OAJ va Halqaro mehnat tashkiloti o‘rtasidagi olib borilgan samarali hamkorlik tufayli ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi. Milliy hamkorlik yo‘nalishidagi loyihaga O‘zbekiston kiritildi.

«LUKOYL» OAJ O‘zbekistonda uzoq yillar mobaynida o‘z faoliyatini izchil rivojlantirib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatdagi eng yirik sarmoyadorlarning biri deb hisoblanadi.

Rossiyada ushbu loyihaga Komi Respublikasi, Astraxan va Kalingrad viloyatlarini kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0