TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Oʻtgan tunda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan "Manchester Arena" kontsert majmuasida kuchli portlash sodir boʻldi, RIA novosti xabariga asosan.
Manchester politsiya dastlabki maʼlumotlariga koʻra, ushbu terakt natijasida 22 kishi qurbon boʻlgan va 59 kishi jarohatlangan.
Kecha tunda "Manchester Arena"da amerikalik xonanda Arina Grandening kontserti boʻlib oʻtgan. Portlash kontsert tugab odamlar chiqib ketayotganda sodir boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, "Manchester Arena" Yevropa Ittifoqida eng yirik stadion hisoblanib, 21 ming kishiga moʻljallangan. Ushbu stadion 1995 yilda ochilgan. Stadionda U2, Rolling Stones, Madonna i Luchano Pavarotti singari taniqli artistlar tomonidan kontsert berilgan.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.