Tel-Aviv aeroportida prezident oilasi kutib olishga chiqqan yuzlab jurnalistlar va telekameralar "oilaviy sahnaning" guvohi boʻlishdi. Qizil yoʻlakdan ketayotgan Donald Tramp rafiqasining qoʻlini tutmoqchi boʻlganda, Melanya uning qoʻlini siltab tashladi.
Melanya Donalddan biroz xafa boʻlganmidi yoki u rasmiy marosimda his-tuygʻularini namoyish qilishni istamadimi — bunisi nomaʼlum.
Aytish joizki, Tel-Aviv aeroportida Trampni butun Isroil hukumati kutib oldi. Isroil prezidenti Reuven Rivlen, Bosh vazir Binyamina Netanyaxu va Vazirlar mahkmasining barcha aʼzolari aeroportga chiqishdi.