TOSHKENT, 23 maya — Sputnik.Rossiya IIV rahbarining Oʻzbekistonga tashrifi davom etmoqda. Bugun Vladimir Kolokoltsev Toshkentda Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Rossiya IIV rahbari ushbu yilning 5 aprelida imzolangan, Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtincha ishga jalb qilish hamda migratsiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish haqidagi shartnomalarini amalga oshirishning muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
"Rossiya IIVining Oʻzbekistonda vakolatxonasi tashkil qilish hamda uningn faoliyati haqida aholiga maʼlumot tarqatish masalasiga alohida eʼtibor berildi", — deb xabar qilmoqda Rossiya IIV matbuot xizmati.
Kolokoltsevning soʻzlariga qaraganda, tez orada noqonuniy migratsiyaga qarshi
Rossiya II vaziri bu boradagi hamkorlikni SHHT Hududiy Aksilterror Tuzilmasi doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni taklif qildi.
Uchrashuv doirasida Rossiya va Oʻzbekiston vazirliklari orasida 2017-2018 yillardagi hamkorlik Protokoli imzolandi.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.