Melanya Tramp Donaldni yana bir marta noqulay ahvolga soldi

Obuna bo‘lish
Isroilda sodir bo‘lgan holat Italiyada ham takrorlandi

TOShKENT, 24-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya uning qo‘lini yana bir bor ushlashdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Voqea AQSh prezidenti samolyoti Rimga kelib qo‘nganida yuz bergan.

Lavhada Tramp qo‘lini turmush o‘rtog‘iga uzatadi. Ammo Melanya uning qo‘lini ushlashni rad etadi va sochlarini to‘g‘rilashga kirishadi.

Ilgariroq prezident samolyoti Isroilga kelib qo‘nganida xuddi shunday holat sodir bo‘lgandi.

Tramp Italiyada Rim papasi Fransisk hamda Vatikan bosh kotibi Pyetro Parolin bilan uchrashadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0