Madaniyat

Rossiya Birinchi kanali samarqandlik ayol haqidagi serial namoyishini boshlaydi

© Instagram / rav_shanaRavshana Kurkova v seriale "A u nas vo dvore"
Ravshana Kurkova v seriale A u nas vo dvore - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik ayolning Moskvadagi sarguzashtlari haqidagi "Bizning hovlimizda esa" seriali premyerasi 29 may kuni Rossiyaning Birinchi kanalida boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. 29 maydan Rossiyaning Birinchi kanalida Samarqanddan Moskvaga yoʻqolib qolgan erini izlab kelgan Mavluda ismli ayol haqidagi serial namoyishi boshlanadi.

Serialdagi bosh rollarni Rossiyada taniqli aktyorlar Ravshana Kurkova ("Oshiq ayollar", "Cheksizlik") va Sergey Puskepalis ("Veraning urinishi", " Sevas uchun jang") ijro etishadi.

Serial syujetiga koʻra, Mavluda ismli ayol (Ravshana Kurkova) Samarqanddan Moskvaga yoʻqolib qolgan erini izlab keladi. U bu yerda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Unga erini qidirishda nafaqaga chiqqan va bekorchilikdan ichkilikka ruju qoʻygan sobiq politsiyachi (Sergey Puskepalis) yordam beradi. Politsiyachi bu yerga kelgan muhojirlarni, ayol esa ichkilikbozlarni yoqtirmaydi, lekin ular birgalikda ajoyib jamoaga aylanishadi.

Ravshana Kurkova — Ravshona Bahrom qizi Matchonova 1980 yilda Toshkentda sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan. Keyinchalik ularning oilasi Moskvaga koʻchib ketgan. Ravshana 1992 yildan buyon kinoda suratga tushib keladi va u shu kungacha 50dan ortiq filmda rollar ijro etgan.

“Bu rol meniki boʻlishi kerakligini darhol tushundim. Birinchidan, men oʻzbek tilini bilaman. Ikkinchidan, Moskvaga 1997 yilda kelganman va bu shaharda yashash oson emasligini juda yaxshi bilaman”, deydi Ravshana Kurkova.

Serialni suratga olish ishlari Moskva va Toshkentda boʻlib oʻtgan.

"Bizning hovlimizda esa" seriali premyerasi 29 may kuni Moskva vaqti bilan soat 21:35da Birinchi kanalda boʻlib oʻtadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala