Yunusoboddagi xonadonlarning biridan ayol kishining jasadi topildi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonadondan ayolga tegishli bo‘lgan "SAMSUNG" rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlari va pullari saqlangan temir quti talon-toroj qilinganligi aniqlangan

TOShKENT, 25-may — Sputnik. 19-may kuni taxminan soat 17:00da, Yunusobod tumani hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarining birida ayol kishining ko‘plab sanchilib kesilgan jarohati bilan murdasi topilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Niqobli erkak - Sputnik O‘zbekiston
"Qora niqoblilar": Toshkentda yosh jinoyatchilar to‘dasi qo‘lga olindi

Shuningdek, xonadondan unga tegishli bo‘lgan "SAMSUNG" rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlari va pullari saqlangan temir quti talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan (qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan Ali Amankulov tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. Undan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan 3 mln 600 ming so‘m pul, 101 AQSh dollari, "SAMSUNG" rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlar va erkaklar qo‘l soati olingan.

Hozirda Amankulovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0