FIFA 2017: Rossiyada migrantlarga registratsiya uchun bir sutka muhlat berildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMnogofunksionalniy migratsionniy sentr
Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining farmoniga ko‘ra, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan FIFA 2018 va FIFA 2017 Konfederatsiyalar kubogi davrida mamlakatga kirib kelgan xorij fuqarolari bir sutka ichida registratsiyadan o‘tishlari kerak bo‘ladi

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Vladimir Putin FIFA 2018 va FIFA 2017 Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazilish vaqtida xavfsizlik choralarini kuchaytirish haqidagi farmonga imzo chekdi.

Reyd GIBDD protiv nelegalnix taksistov - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchi-migrantlarga yana bir yil muhlat berildi

2017 yilda Qozon, Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va 2018-yil 25-maydan 25-iyulga qadar Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Moskva, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Samara, Sankt-Peterburg, Saransk, Sochi shaharlariga kelgan migrantlar bir sutka ichida yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

2017 yil 1-iyundan 4-iyulgacha va 2018-yil 1-iyundan 17-iyulgacha sport musobaqalari o‘tkaziladigan maskanlar ustida parvozlar hamda ular yonida kemalar harakati taqiqlanadi, deyiladi farmonda.

FIFA 2018 va FIFA 2017 Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazilish davrida yuqoridagi shaharlarga shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslar kirishi taqiqlanadi.

Hisob bo‘yicha sakkizinchi FIFA 2017 Konfederatsiyalar kubogi milliy terma jamoalar o‘rtasida 17-iyundan 2-iyulga qadar o‘tkaziladi. U 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan "repetitsiya" deb hisoblanmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0