O‘zbek bojxonachilari 1000 dan ortiq tibbiyot anjomlari kontrabandasiga chek qo‘yishdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishPunkt tamojennogo oformleniya na granitse
Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kontrbanda ashyolari avtomashina eshigiga yashiringan. Lekin bojxonachilar maxfiy joyda yashiringan meditsina asboblari avtomashinani rengen uskunasidan o‘tkazish natijasida aniqlangan.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbek bojxonachilari Qozog‘iston chegarasida kontrabanda sifatida yashiringan 1,1 ming dona stomatologik anjomlar kontrabandasiga chek qo‘yishdi, deb xabar qildi RIA Novosti bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib.

Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bojxonachilari 2017-yilda 1 mln $lik tilla kontrabandasining oldini olishdi

"G‘isht ko‘prik" bojxona postida Qozog‘iston hududidan kirib kelgan yengil avtomashinani bojxona ko‘rigidan o‘tkazish paytida, bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan 1,1 ming donadan ortiq 4 turdagi stomatologik anjomlar aniqlandi", — deyiladi xabarda.

DBQ ma’lumotlariga ko‘ra, kontrabanda ashyolari yengil avtomashina eshigiga yashirilgan bo‘lgan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy yuk qiymati 110 mln so‘mni (MB kursiga o‘tkazilganda salkam 30 ming dollar) tashkil etadi.

Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

 

Yangiliklar lentasi
0