Shoygu o‘zbekistonlik hamkasbiga G‘alaba bayrog‘ining nusxasini topshirdi

© Ofitsialnaya stranitsa Minoboroni RF v TwitterSergey Shoygu vruchil kopiyu Znameni Pobedi Kabulu Berdiyevu
Sergey Shoygu vruchil kopiyu Znameni Pobedi Kabulu Berdiyevu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi uchun respublika mudofaa vaziri Qobul Berdiyev Sergey Shoygudan G‘alaba bayrog‘ining tarixiy nusxasini qabul qilib oldi

TOShKENT, 26 ma — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu MDH mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyevga Ulug‘ vatan urushining G‘alaba bayrog‘i nusxasini topshirdi.

Zdanie ministerstva oboroni RF - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada MDH mudofaa vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

"O‘zbek xalqining fashistlar Germaniyasini tor-mor etishga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etish ramzi sifatida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga harbiy yolgorlik — jasorat va shon-sharaf ramzi bo‘lgan G‘alaba bayrog‘ining tarixiy nusxasini taqdim etmoqchiman", — dedi Shoygu MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishini ochar ekan.

Rossiya Mudofaa vazirligining axborot va ommaviy kommunikatsiya departamentining ma’lum qilishicha, MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashi antiterror yo‘nalishida o‘zaro tadbirlar o‘tkazish tizimini tashkil etadi, deb yozadi RIA Novosti.

Kengash yig‘ilishida Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Tojikiston, O‘zbekiston mudofaa vazirlari, Qirg‘iziston Bosh shtabi boshlig‘i va Turkmaniston harbiy attashesi ishtirok etdi.

Shuningdek, kelgusi yig‘ilishning vaqti va o‘tkazilish joyi ham aniqlab olindi.

"Hurmatli Sherali Mirzo (Tojikiston mudofaa vaziri) Dushanbeda noyabr oyida issiqmi? Issiq, yaxshi. Hamkasblar, boshqa takliflar yo‘qmi? Qaror qabul qilindi", — dedi Shoygu Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0