Samarqanddan Ostonaga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© temirzholy.kzPoyezd, sostoyashiy iz vagonov "Tұlpar-Talgo"
Poyezd, sostoyashiy iz vagonov Tұlpar-Talgo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poyezdning Samarqanddan jo‘nash vaqti soat 03:46 da va Toshkentdan soat 08:20 da juma kunlari, Ostonadan soat 19:16 shanba kunlari amalga oshiriladi

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Joriy yil 2-iyundan 25-avgustgacha Samarqand-Ostona yo‘nalishida yangi 451/452-sonli poyezd xarakatlanishni boshlaydi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ saytida xabar berildi.

Xabarda bildirilishicha, poyezdning Samarqanddan jo‘nash vaqti soat 03:46 da va Toshkentdan soat 08:20 da juma kunlari, Ostonadan soat 19:16 shanba kunlari amalga oshiriladi.

Ilgariroq 2017-yilning 27-may kunidan 28-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qatnovchi poyezd chiptalari uchun chegirmalar joriy etilgani haqida xabar qilingandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0