Tadbirkorlarga tranzit yo‘l xarajati uchun katta miqdorda chegirma joriy etildi

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining barcha yuk stansiyalarida refrijerator vagonlariga buyurtma berish mumkin

TOShKENT, 27-may — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "Yo‘lreftrans" aksiyadorlik jamiyatining refrejirator vagonlariga Qozog‘iston Respublikasida tranzit yo‘l xarajati uchun 2017-yil oxiriga qadar 67 foiz chegirma joriy etildi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar qildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" chiptalar narxi arzonlashganini ma’lum qildi

Xabarda aytilishicha, "Yo‘lreftrans" aksiyadorlik jamiyatida tadbirkorlar uchun ko‘plab imtiyozlar taqdim etilyapti. Jumladan, yo‘l xarajatlari deyarli 50 foizga qisqartirildi, vagonlarning turib qolishi 3 kunga uzaytirildi, kerakli yuk hujjatlarini rasmiylashtirish elektron shaklga o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ortish uchun maxsus refrejirator seksiyalari mavjud bo‘lib, ularda meva-sabzavotlar o‘z holiday manzilga yetib boradi. Yuklar o‘z manziliga yetib borguncha muzlatish va haroratni bir xil meyorda ushlab turish tizimlari doimo nazoratda bo‘ladi.

Hozirda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining barcha yuk stansiyalarida refrijerator vagonlariga buyurtma berish mumkin. Bunda faqat ularning yozma murojaatlari kifoya. Barcha to‘lovlar, kerakli hujjatlar shu joyning o‘zida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, mijozlar ovoragarchiliklarining oldini olish maqsadida reftrans@umail.uz elektron pochta manzili joriy etilgan bo‘lib, tadbirkorlar korxona xizmatidan foydalanish uchun kerakli hujjatlarni elektron tarzda ushbu manzilga yuborishlari mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0