Moskvada World Of Tanks o‘yini bo‘yicha jahon chempionati finali boshlandi

© Sputnik V Moskve startoval final Chempionata mira po World Of Tanks
V Moskve startoval final Chempionata mira po World Of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Final bosqichida jami 12 jamoa - MDHdan 4, Osiyo va Yevropadan 3tadan va Shimoliy Amerikadan 2ta jamoa qatnashadi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Moskvda World of Tanks kompyuter onlayn o‘yini bo‘yicha jahon chempionati final bosqichi boshlandi. Bugun chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi, ertaga jamoalar yarim final va final bahslarini o‘tkazishadi.

Ctend igri World of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Wargaming kompaniyasi O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari ishlab chiqarmoqchi

Final bosqichida jami 12 jamoa — MDHdan 4, Osiyo va Yevropadan 3tadan va Shimoliy Amerikadan 2ta jamoa qatnashadi.

Chempionatning mukofot jamg‘armasi — 300 ming dollar.

World of Tanks — Belorussiyaning Wargaming kompaniyasi tomonidan yaratilgan komyuter o‘yini. 2013-yilda Wargaming League bo‘linmasi tashkil qilingan bo‘lib, shu nomdagi chempionat o‘tkazib kelinmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0