Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi oshiriladi

© UZ24Tashkentskiy zoopark
Tashkentskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chipta bahosi 7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar va muddatli harbiy xizmat o‘tayotganlar uchun 6 ming so‘m, 16 yoshdan kattalar uchun - 10 ming so‘m etib belgilandi

TOShKENT, 27-may — Sputnik. 1-iyundan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxi oshiriladi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar bermoqda.

Hayvonot bog‘idagi leopard - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yangi hayvonot bog‘i, ko‘priklar va yo‘llar quriladi

Xabarda bunga hayvonot bog‘ida saqlanayotgan noyob va ekzotik jonivorlarning ozuqa mahsulotlari, dori vositalari, yoqilg‘i moylash mahsulotlari hamda kommunal to‘lovlar narxi 2014-yildan buyon bir necha marotaba oshganligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ma’muriyatning bildirishicha, chipta bahosi 7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar va muddatli harbiy xizmat o‘tayotganlar uchun 6 ming so‘m, 16 yoshdan kattalar uchun — 10 ming so‘m etib belgilandi.

7 yoshgacha bo‘lgan bolalar va nogironlar uchun hayvonot bog‘iga kirish bepul.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0