Hodisalar

Irkutskda bedarak yoʻqolgan 17 yoshli oʻzbekistonlik qidirilmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishSotrudniki pravooxranitelnыx organov
Sotrudniki pravooxranitelnыx organov - Sputnik Oʻzbekiston
17 yoshli Isroil Ismoil oʻgʻli Akbarov shu yilning 12 fevralida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Irkutsk shahrida shu yilning 12 fevralida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan 17 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Isroil Ismoil oʻgʻli Akbarov qidirilmoqda. Bu haqda Rossiya IIV Irkutsk viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda uning alohida belgilari keltirilgan: boʻyi 170 — 175 santimetr, oʻrtacha gavda tuzilishiga ega. Sochlari kalta, qora, quloqlari yopishib turadi, qoshlari qora.

Egnida kapyushonli toʻq koʻk kurtka, qora shapka, qora shim va qora poyabzal boʻlgan.

Qoʻshimcha belgilari: aktsent bilan gapiradi. Yonida hech qanday hujjati boʻlmagan. Oʻzini Timur deb tanishtirishi mumkin.

Uni topish uchun politsiya safarbar qilingan, qarindoshlari va tanishlaridan maʼlumotlar toʻplanmoqda.

Ichki ishlar xodimlari Isroil Akbarov haqida biror maʼlumotga ega boʻlganlardan shahar politsiyasiga xabar berishlarini soʻrashmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala