Iqtisod

Qozogʻistonda oʻzbek avtomobillari sotuvi keskin oshdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Fotobankka oʻtishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik Oʻzbekiston
2017 yil boshidan buyon Oʻzbekiston Qozogʻiston import bozorining 11,5 foizini egallashga ulgurgan

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Qozogʻistonga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning kirib kelishi keskin oshdi, deb xabar bermoqda finprom.kz.

Avtomobil konveyeri - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qozogʻistonda oʻzbek avtomobillari ishlab chiqariladi

Xabarda aytilishicha, 2017 yil boshidan buyon Oʻzbekiston Qozogʻiston import bozorining 11,5 foizini egallashga ulgurgan. Yilning dastlabki uch oyi davomida Qozogʻistonga 2,3 mln dollarlik 480 dona mashina kirgan.

Rossiya avtomobillari importi esa 24 foizga qisqargan. Yanvar-mart oylari davomida 3100 dona mashina import qilingan.

Eslatib oʻtamiz, shu bilan birga Qozogʻistonning Kostanay viloyatida 2017 yilda xitoylik va oʻzbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 10 ming dona avtomobil yigʻishga qaror qilingandi.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala