Jamiyat

Xitoy va turk tadbirkorlariga viza berish tartibi soddalashtiriladi

© Pixabay / antonin77Zaklyucheniye sdelki
Zaklyucheniye sdelki - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirgi paytda tadbirkorlik maqsadlarida Oʻzbekistonga keladigan 13 davlat fuqarolariga nisbatan soddalashtirilgan viza berish tartibi amal qilmoqda

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Oʻzbekistonda Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasi biznesmenlariga soddalashtirilgan tartibda koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqda "Jahon" AA xabar qildi.

Nigmatilla Yuldashev i Maris Kuchinskis - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Latviya bosh vaziri Oʻzbekiston tadbirkorlarini mamlakatga chorladi

Xabarga koʻra, Oliy Majlis Senatining oʻninchi yalpi majlisidagi chiqishida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlik tomonidan viza tizimini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi.

TIV rahbari, jumladan, yirik va ishonchli xorijlik sarmoyadorlar, yuqori malakali mutaxassislar uchun kirish vizalari berish tartibini yanada yengillashtirish zarurligini taʼkidladi.

Bildirilishicha, hozirgi paytda tadbirkorlik maqsadlarida Oʻzbekistonga keladigan 13 davlat —Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Tailand, Frantsiya, Chexiya, Shveytsariya va Yaponiya fuqarolariga nisbatan soddalashtirilgan viza berish tartibi amal qilmoqda.

A.Komilovning maʼlum qilishicha, bugungi kunda Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasi biznesmenlariga soddalashtirilgan tartibda koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala