Jamiyat

Prezident qarori: "Oʻztreyd" kichik biznesga mahsulot eksportida yordam beradi

Kichik va xususiy biznes subʼyektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklariga oʻz mahsulotini eksport qilish, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topish va oʻzlashtirishda koʻmaklashish "Oʻztreyd" AJning asosiy vazifalari hisoblanadi

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. AO "Oʻztadbirkoreksport" AJ "Oʻztreyd" ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi AJ etib nomlandi. Oʻzbekiston prezidenti bu borada qarorga 2017 yilning 26 may kuni imzo chekdi.

Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tadbirkorlarga tranzit yoʻl xarajati uchun katta miqdorda chegirma joriy etildi

Kichik va xususiy biznes subʼyektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklariga oʻz mahsulotini eksport qilish, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topish va oʻzlashtirishda koʻmaklashish "Oʻztreyd" AJning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Bundan tashqari, "Oʻztreyd" reklama tadbirlarini oʻtkazish, kichik biznes subʼyektlarining xalqaro yarmarka va koʻrgazmalarda ishtirok etishi, mahsulot eksporti masalalari boʻyicha axborot va maslahat bilan taʼminlash boʻyicha ham yordam beradi.

Yangi tashkilot boshqaruvida 39 nafar kishi faoliyat olib boradi. Shuningdek, "Oʻztreyd"ga kompaniyaning xorijdagi savdo uylari orqali konsignatsiya sharoitlarida bugʻdoy va un eksportiga ruxsat berildi, deyiladi Oʻzbekiston prezidenti rasmiy veb saytida.

"Oʻztreyd" AJ Toshkent shahri, Mirobod tumani, Islom Karimov koʻchasi, 1-uyda joylashadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala