Toshkent Inha universiteti va UZINFOCOM o‘zaro hamkorlik qiladi

© UZINFOCOMUZINFOCOM i IUT podpisali memorandum o vzaimoponimanii
UZINFOCOM i IUT podpisali memorandum o vzaimoponimanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, tatbiq etish va qo‘llab-quvvatlash, keyinchalik yanada takomillashtirish bo‘yicha Markaz tashkil etishni rejalashtirishmoqda

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va "UZINFOCOM" Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi DUK o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda UZINFOCOM matbuot markazi xabar qildi.

Glavniy vxod universiteta Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Inha universitetida "Microsoft" kompaniyasi o‘quv sinfini ochdi

Memorandum doirasida tomonlar axborot texnologiyalari sohasidagi korxonalar uchun kadrlar tayyorlashni ko‘zda tutishgan.

Bundan tashqari, tomonlar axborot texnologiyalari tarmog‘ining rivojlanishiga ko‘maklashadigan innovatsion ishlanmalar va servislar sohasida turli tanlov va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish orqali hamkorlikdagi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar.

IUT va "UZINFOCOM" Markazi universitet talabalarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlashadi.

Tomonlar dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, tatbiq etish va qo‘llab-quvvatlash, keyinchalik yanada takomillashtirish bo‘yicha Markaz tashkil etishni rejalashtirishmoqda. Mazkur Markaz o‘z faoliyatini IUT hududida olib boradi hamda O‘zbekistonda IT-sanoatini rivojlantirish va targ‘ib etishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishga IUT talabalarini jalb etadi.

Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Uzinfocom markaziga yangi direktor tayinlandi

Markaz shuningdek, IUT talabalari hamda "UZINFOCOM" Markazi mutaxassislaridan tashkil topgan jamoa tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar orqali talabalarga amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun imkoniyat taqdim etadi.

Memorandum doirasida IUT talabalari "UZINFOCOM" Markazida malaka oshirish hamda amaliy bilim olish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, IUT va "UZINFOCOM" Markazi respublika hamda xalqaro grantlar dasturida hamkorlikda ishtirok etib, tijorat loyihalarini amalga oshirishadi.

Yangiliklar lentasi
0